“O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati muassisligidagi “O‘zbekgidroenergetika” ilmiy-texnik jurnali O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan 2018 yil 8 sentyabrda 0989-sonli guvohnoma bilan ro‘yxatga olingan. 
2019 yildan buyon har chorakda 1 marta nashr etib kelinayotgan mazkur Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasi Rayosatining 2020 yil 
30 oktyabrdagi 287/9.1-son qarori bilan 05.00.00 – Texnika fanlari / 05.05.00 – Energetika va elektrotexnika. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini elektrlashtirish texnologiyasi. Elektronika ixtisosliklari bo‘yicha OAK dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Jurnalning asosiy maqsadi – Gidroenergetika sohasining asosiy tushuncha va tamoyillarini, barpo etilayotgan zamonaviy gidroenergetika inshootlarining loyihaviy yechim va asoslarini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib etish, Jamiyat ilmiy-innovasion faoliyati, soha tadqiqotchilarining ilmiy-amaliy ishlanmalari, tizimda amalga oshirilayotgan investisiya loyihalarini yoritishdan iborat. 
Jurnalga gidroenergetika, energetika, gidrotexnika, suv xo‘jaligi  sohasida ilmiy tadqiqot izlanishlari olib borayotgan mamlakatimiz hamda xorijiy nufuzli oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, amaliyotchi mutaxassislar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, talabalar maqola taqdim etishlari mumkin.